Mehribonlik uyiga tashrif.

Mehribonlik uyiga tashrif.


     2019-yilning 14-dekabr kuni Byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti talabalari, dekan R.Saidov hamda dekan muovini B.Izbosarovlar boshchiligida Bektemir tumanidagi mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar.

 

     Tashrifdan ko’zlangan maqsad bolalarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklash, hamda interaktiv o’yinlar tashkil etib ularni ko’ngillarini ko’tarish edi. Tashrif juda ko’tarinki ruhda o’tdi. Tadbir so’ngida bolalar uchun esdalik sovg’alari, hamda tashkilot ehtiyoji uchun suv yetkazib beruvchi uskunalar topshirildi.

 

10:50 / 2019-12-16
Success helper
Success warning